
Tasweer — online grafik dizayn akademiyasi. Photoshop, Lightroom, Adobe Firefly va sun’iy intellekt vositalarini noldan amaliy loyihalar orqali o‘rganing.

Dizayn rangdan boshlanadi. Bu bizning palitramiz — kursning birinchi darsi ham shu haqda.
Har bir modul — alohida qatlam. Kurs oxirida ular bitta kompozitsiyaga birlashadi: sizning portfolioingizga.
Qatlamlar, maska, retush, kollaj, afisha va ijtimoiy tarmoq dizayni.
Rangni boshqarish, fotosuratlarni professional qayta ishlash, presetlar.
Generativ to‘ldirish, AI bilan g‘oya va vizual yaratish, ish tezligini oshirish.
Kompozitsiya, tipografiya, rang nazariyasi, brending va portfolio.
Darslarning katta qismi haftasiga 3 marta Google Meet orqali jonli efirda o‘tadi va yozib olinadi. Darsni o‘tkazib yuborsangiz, uning yozuvi yopiq guruhda saqlanadi.
Davomat, baholar va anonim savollar — hammasi bitta botda.
Har bir uy vazifangizni o‘qituvchi shaxsan tekshiradi va izoh beradi.
Kursni tamomlaganlarga sertifikat, eng yaxshi ishlar kanalimizda chiqadi.

4 yil davomida Millat Umidi universiteti bilan doimiy hamkorlik qilib kelmoqdaman. Shuningdek, Hasan Mamasaidov, Husan Mamasaidov, “Vatandoshlar” jamoat fondi, Highbrow Marketing Agency kabi kompaniyalar va shaxsiy brendlar bilan ishlab, tajriba orttirdim.






















Sichqoncha yoki barmoq bilan surib ko‘ring
Photoshop uchun 8 GB operativ xotira yetarli. Darsdan oldin sozlashda yordam beramiz.
Ha. Kurs birinchi darsdan boshlab — dasturni o‘rnatishdan — boshlanadi.
Har bir dars yozib olinadi va bot orqali sizga yuboriladi.
Ha, topa olasiz — lekin amaliyotdan keyin. Kurs davomida, 60 kunda portfolio yig‘asiz. Shu portfolio bilan frilansda yoki SMM dizayner sifatida ishlashni boshlaysiz. Lekin dizayn faqat ish topish uchun emas. O‘z sohangizning ustasi bo‘lsangiz ham, xizmatingizni sotish uchun chiroyli dizayn kerak. Shuning uchun dizayn hammaga kerak. Bir paytlar ingliz tili ham qo‘shimcha bilim sifatida o‘rganilgan, hozir esa u hamma uchun zarur.